Bugun 10 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK lisenziyasiga ega chiqdi

O‘zbekistonning 17 ta klubi OFK lisenziyasiga ega chiqdi

Osiyo futbol konfederasiyasi 2025/26 yilgi futbol mavsumidagi klublar musobaqasida ishtirok etish huquqini beruvchi lisenziatlar nomiga oydinlik kiritdi. Bu haqda O‘zPFL xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, ular orasida O‘zbekistonning 17 klubi ham bor. O‘zbekiston 2023/24 yilgi mavsum uchun 17 talik, 2024/25 yilgi mavsumda esa 19 talik ko‘rsatkich bilan qit’aning eng faol a’zosiga aylangan edi.

Keyinchalik “Turon” hamda “Metallurg” klublarining o‘z professional faoliyatiga chek qo‘yishi yangi mavsum kvotalarining umumiy soniga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan barcha klublar qatorasiga ikkinchi siklda to‘liq ko‘rinishda lisenziatga aylandi. Proliga klublari orasidan esa faqatgina “Lokomotiv” bunga erishdi.

Ma’lumot uchun, Superliga klublari soni 16 taga yetkazilgach, “Superliga va Proliga reglamenti”dan OFK lisenziyaga ega chiqa olmagan klubning yangi mavsumda Superligada ishtirok eta olmasligi borasidagi band olib tashlangan.

Ya’ni, 2026 yilgi mavsumda Superligada OFK lisenziyasi mavjud bo‘lmagan klub ham ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, Superliganing biror klubi lisenziyaga ehtimoliy ega chiqa olmagan taqdirida ham kelasi mavsum chempionatdagi o‘z o‘rnini saqlab qolishi avvaldan belgilab qo‘yilgan edi.

Kiritildi: 21:23 07.06.2025. O'qildi: 717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!