Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonliklarning dollar xarididagi rekordi yangilandi

O‘zbekistonliklarning dollar xarididagi rekordi yangilandi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil iyun oyida O‘zbekiston fuqarolari tomonidan xorijiy valyuta bo‘yicha rekord darajadagi operasiyalar amalga oshirilgan.

Xususan, aholining banklardan 1,1 milliard AQSh dollari xarid qilgani qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich respublika tarixida ilk bor 1 milliard dollarlik xarid chegarasidan oshdi. Solishtirish uchun, 2024 yil iyun oyida bu raqam 697 million dollarni tashkil etgan.

Bundan tashqari, aholi tomonidan banklarga 1,7 milliard dollardan ortiq valyuta sotilgani ham iyun oyining eng yuqori ko‘rsatkichlaridan biri bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 1,3 milliard dollarni tashkil etgan.

Umumiy hisobda, 2025 yilning birinchi yarmida fuqarolar 9 milliard dollardan ortiq valyuta sotgan, 5,3 milliard dollarni esa sotib olgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar (sotuv – 7,1 mlrd, xarid – 4,5 mlrd dollar)ga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 20:48 06.08.2025. O'qildi: 927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!