Markaziy bank iyun oyida o‘tkazgan so‘rov natijalarini e’lon qildi.
So‘rovnomada: “Kundalik to‘lovlarni asosan (odatda) qaysi shaklda amalga oshirasiz?” degan savolga respondentlar quyidagicha javob berishgan:
faqat naqd pul ishlatuvchilar – 15 foiz
faqat bank kartasi ishlatuvchilar – 33 foiz
ikkala shaklda foydalanuvchilar – 52 foiz.
Terminal muammolari eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan.
88 foiz fuqarolar kommunal xizmatlar uchun to‘lovni mobil ilovalar orqali amalga oshiradi. Respondentlarning faqat 5 foizi kommunal to‘lovlarni naqd pul bilan to‘lashini aytgan.
Aholining 20 foizi bankomatlar faoliyatidan norozilik bildirgan.
Do‘konlarda naqd xaridlar paytida, respondentlarning:
65 foizi – qaytimni oladi;
17 foizi – ba’zida qaytim o‘rniga saqich yoki gugurt oladi;
14 foizi – doim qaytim o‘rniga saqich yoki gugurt taklif qilinadi;
4 foizi – umuman qaytim berilmaydi, deya fikr bildirgan.
Ko‘pchilik ish haqlarini plastik kartalarda oladi:
87 foiz respondentga ish haqi bank kartasi orqali to‘lanadi.
7 foizi – ish haqini ham bank kartasi, ham naqd shaklda oladi.
6 foizi – ish haqini faqat naqd shaklda oladi.