Jahon shaxmat toji uchun bahs 25 noyabrdan 15 dekabrgacha Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju va o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov o‘zaro bahs olib boradi.
Musobaqa start olgan paytda har ikki shaxmatchi ham 20 yoshda bo‘ladi. Bu jahon chempionligi tarixidagi eng yosh ishtirokchilar o‘rtasidagi final bahsiga aylanadi.