Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik jangchi Mashrabjon Ro‘ziboyev UFC’dan chetlatildi

O‘zbekistonlik jangchi Mashrabjon Ro‘ziboyev UFC’dan chetlatildi

UFC bilan 11 fevral kuni bitim imzolagan o‘zbekistonlik MMA ustasi Mashrabjon Ro‘ziboyevning shartnomasi bekor qilindi.

U 16 fevral kuni UFC Vegas 102 turnirida debyut qilishi kerak edi. Amerikalik MMA ustasi Jerad Gordonga (20-7, 1) qarshi oktagonga chiqishga bor-yo‘g‘i 3 kun oldin rozi bo‘lgan sportchimiz belgilangan vazn normasini bajara olmagach, jang bekor bo‘lgan edi. UFC esa unga ikkinchi imkoniyatni berishni istamadi va tashkilot u bilan tuzilgan bitimni bekor qildi.

Aslida Jerad Gordon 16 fevral kuni Kaue Fernandesga (9-2) qarshi oktagonga ko‘tarilishi kerak edi. Ammo viza bilan bog‘liq muammo sabab jang bekor qilindi. Keyinchalik tashkilotchilar Ro‘ziboyevga imkon berishga qaror qilgandi.

28 yoshli Mashrabjon Ro‘ziboyev yengil va yarim o‘rta vazn toifalarida musobaqalarda ishtirok etadi. U ketma-ket 7 ta g‘alabaga ega. Sportchining MMA’dagi rekordi 20-4-1 hisoblanadi. 28 yoshli Mashrabjon UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning (3-1 UFC) ukasi hisoblanadi.

Kiritildi: 12:30 26.02.2025. O'qildi: 1389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!