Bugun 21 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Elit Chempionlar ligasi o‘yinlarida ishlaydi

O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo Elit Chempionlar ligasi o‘yinlarida ishlaydi

O‘zbekistonlik hakamlar va rasmiylar Osiyo Elit Chempionlar ligasining birinchi tur uchrashuvlarida faoliyat olib boradi.

Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 15 sentyabr kuni BAAda bo‘lib o‘tadigan «Al-Ayn» va «An-Nasr» jamoalari o‘rtasidagi bahsni boshqarib boradi.

Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida ishlaydi. Unga qanotlarda Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam beradi. Ahrol Risqullayev esa VAR hakami vazifasini bajaradi.

Shuningdek, yana ikki nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Osiyo Elit Chempionlar ligasining dastlabki tur uchrashuvlariga tayinlangan.

14 sentyabr kuni Saudiya Arabistonida o‘tadigan «Al-Qodisiya» — «Al-Vasl» bahsida Vladislav Seytlin hakamlar nazoratchisi sifatida ishlaydi.

16 sentyabr kuni Tailandda tashkil etiladigan «Port FC» — «Vissel Kobe» uchrashuvida esa Valentin Kovalenko hakamlar nazoratchisi vazifasini bajaradi.

Kiritildi: 14:40 03.09.2026. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!