Ilgiz Tantashev va uning jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishlaydi
Joriy yilning 14 iyunidan 13 iyuliga qadar Amerika Qo‘shma Shtatlarida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. FIFA klublar mundialida faoliyat olib boruvchi rasmiylar ro‘yxatini e’lon qildi. Ahamiyatli jihati, ushbu musobaqada Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ham ishtirok etadi. Qanotlarda unga, Andrey Sapenko hamda Timur Gaynullin yordam beradi.