O‘zbekiston hududida belgilangan chiqindilarni qayta ishlash va utilizasiya qilish uchun olib kiruvchilar quyidagilarga ega bo‘lishi shart.
Chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizasiya qiladigan, qayta ishlaydigan yoki ulardan takroriy foydalanadigan import qiluvchilar – chiqindilarni utilizasiya qilish, qayta ishlash yoki takroriy foydalanish jarayonlarining atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi to‘g‘risidagi bayonot loyihasi bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasiga, chiqindilarni mustaqil ravishda to‘liq utilizasiya qilishi, qayta ishlash yoki ulardan takroriy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan import qiluvchilar – mazkur chiqindilarni topshirish yoki realizasiya qilish yuzasidan chiqindilarni utilizasiya qilish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga.
Ushbu “O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilar, ayrim turdagi xavfli mahsulot va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazoratni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kirishi belgilangan.