Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar qaysi davlatdan tashrif buyuradi?

O‘zbekistonga eng ko‘p turistlar qaysi davlatdan tashrif buyuradi?

2025 yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 foizga oshgan.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

Qirg‘iziston – 211 262 nafar
Tojikiston – 200 969 nafar
Qozog‘iston – 105 551 nafar
Rossiya – 48 695 nafar
Afg‘oniston – 42 733 nafar
Turkmaniston – 26 154 nafar
Turkiya – 11 660 nafar
Hindiston – 5 049 nafar
Xitoy – 4 988 nafar
Koreya – 2 896 nafar
boshqa davlatlar – 18 718 nafar

Kiritildi: 23:45 23.03.2025. O'qildi: 1022 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!