Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonga BYD avtomobillarini olib kirish cheklanishi mumkin

O‘zbekistonga BYD avtomobillarini olib kirish cheklanishi mumkin

BYD kompaniyasi elektromobillarning mahalliy iqlim va yo‘l sharoitlariga moslashtirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega bo‘lmagani vaji bilan tartibsiz importni cheklash bo‘yicha hukumatga murojaat bilan chiqqan.

Bu haqda prezidentning elektromobillar bo‘yicha imzolagan qarorida ham qayd etilgan.

Prezident 18 mart kuni imzolagan qarorga ko‘ra, 1 iyulga qadar «O‘zavtosanoat» va mas’ul vazirliklar tomonidan BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillari importini tartibga solish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi lozim.

Bunda mas’ullar qonunchilik hujjatlari, jumladan, raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari hamda Jahon savdo tashkiloti prinsiplaridan kelib chiqib takliflarni tayyorlashi kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 13:25 19.03.2024. O'qildi: 984 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!