Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonga borganda rus tilisiz muloqot qilib bo‘lmaydi – Sadir Japarov

O‘zbekistonga borganda rus tilisiz muloqot qilib bo‘lmaydi – Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida rus tilining ahamiyati haqida gapirib, uning rasmiy maqomini o‘zgartirishga qarshi chiqdi.

Qirg‘iziston Prezidentining fikriga ko‘ra, rus tili dunyodagi eng muhim olti tilning biri hisoblanadi.

Unga ko‘ra, rus tili Qirg‘izistonda amaliy ahamiyatga ega va bu tilsiz muloqot qilish ko‘p davlatlarda, jumladan, O‘zbekiston va Tojikistonda ham oson emas.

“Rus tili bizga emas, biz rus tiliga muhtojmiz”, — dedi Japarov. U rus tili dunyodagi eng muhim tillardan biri ekanini aytdi va Yevropa, Amerika, Xitoyda ham rus tili kerak bo‘ladigan vaziyatlar uchrashini ta’kidladi.

Prezident rus tili maqomini pasaytirishni taklif qilayotgan siyosatchilarni tanqid qilib, bunday fikrlarni “noto‘g‘ri va nonko‘rlik” deb atadi. Shuningdek, u ona tilini rivojlantirish bilan bir vaqtning o‘zida rus va ingliz tillarini ham bilish muhimligini qayd etdi.

Kiritildi: 23:25 05.07.2025. O'qildi: 1113 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!