Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonga 4-6 noyabr kunlari sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi

O‘zbekistonga 4-6 noyabr kunlari sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi

Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-6 noyabr kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nisbatan nam havo massalari kirib keladi.

Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

3-5 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi.

4-6 noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayadi va kechalari 0...-3 daraja iliqni tashkil etadi, ba’zi joylarda sovuq bo‘lishi mumkin, kunduz kunlari +8...+13 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Kiritildi: 17:33 30.10.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!