Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya milliarderlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan tenglashdi

Rossiya milliarderlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan tenglashdi

Altrata tadqiqot kompaniyasining “Billionaire Census 2025” nomli yangi yillik hisobotiga ko‘ra, Rossiya milliarderlari soni o‘tgan yilga nisbatan 8,5 foizga oshib, 128 nafarga yetgan. Ularning umumiy boyligi 457 milliard dollar deb baholangan.

Buyuk Britaniyada ham milliarderlari soni 128 nafarni tashkil etadi, bu ko‘rsatkich bir yilda 4,9 foizga oshgan. Ularning umumiy boyligi esa 323 milliard dollarga teng.

Reytingda AQSh birinchi o‘rinda turibdi, bu mamlakatda 1135 nafar milliarder bor. Ularning soni bir yilda 8 foizga ortgan, umumiy boyligi esa 5,74 trillion dollarni tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinda Xitoy (321 milliarder), uchinchi o‘rinda esa Germaniya (184 milliarder) joy olgan.

Altrata ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda reytingga kirgan 15 davlatdan 12 tasida milliarderlar soni oshgan.

Kiritildi: 18:38 30.10.2025. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!