Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

“Burevestnik” raketasi sinovlari yadroviy sinov emas

“Burevestnik” raketasi sinovlari yadroviy sinov emas

"Umid qilamizki, prezident Trampga bu haqda ma’lumot to‘g‘ri tarzda yetkazilgan. Chunki bu hech qanday holatda yadroviy sinov sifatida talqin etilishi mumkin emas", — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Kreml vakili Donald Trampning AQSh yadroviy qurol sinovlarini qayta boshlash niyati haqidagi bayonotiga izoh berar ekan, hozirda dunyoda bunday sinovlarga nisbatan moratoriy amal qilayotganini eslatdi.

"Hozircha hech kim bunday sinovlar o‘tkazayotgani haqida bizda ma’lumot yo‘q. Agar gap “Burevestnik” raketasi sinovi haqida ketayotgan bo‘lsa, bu hech qanday tarzda yadroviy sinov emas. Barcha davlatlar o‘z mudofaa tizimlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi, ammo bu yadroviy sinov hisoblanmaydi", — dedi u.

"Prezident Putin buni bir necha bor takrorlaganidek, agar kimdir moratoriyni buzsa, Rossiya vaziyatga qarab harakat qiladi", — deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Kiritildi: 18:28 30.10.2025. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!