Prezidentimiz tashabbusi bilan MISiS Fan va texnologiyalar universiteti va OKMK hamkorligida «GeoMetTex» ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etilmoqda. Bu haqda kombinat axborot xizmati ma’lum qildi.
Ayni kunlarda poytaxtimizda o‘tkazilayotgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-sanoat hamkorligining muhim tadbiri - "INNOPROM. Markaziy Osiyo" V Xalqaro sanoat ko‘rgazmasi davomida MISiS Fan va texnologiyalar universiteti rektori Alevtina Chernikova va "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ boshqaruv raisi Abdulla Xursanov o‘rtasida mazkur maktab faoliyatini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.