Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Qishki transferlar vaqtida himoyachi Vitor Reys "Palmeyras"dan "Manchester Siti" tarkibini to‘ldirdi. 19 yoshli braziliyalik futbolchi kelasi yozdayoq klubni tark etishi mumkin. RTI Esporte xabariga ko‘ra, "Flamengo" Reys bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o‘rganmoqda.

Qishki transferdan so‘ng Reys "Manchester Siti"ning atigi uchta rasmiy o‘yinida maydonga tushib, jami 136 daqiqa o‘ynadi. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari braziliyalik himoyachini 30 million yevroga baholamoqda.

"Manchester Siti" ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: Bugun 14:07. O'qildi: 5631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!