Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi urushayotgan 1110 nafar o‘zbekistonlik yollanma jangchilar nomi e’lon qilindi

Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi urushayotgan 1110 nafar o‘zbekistonlik yollanma jangchilar nomi e’lon qilindi

Ukrainaning “Xochu jit” loyihasi Rossiya armiyasi safida Ukrainaga qarshi urushayotgan 1110 nafar o‘zbekistonlik yollanma jangchilar nomini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, bu ro‘yxat to‘liq emas. Rossiya tomonidan Ukrainadagi keng ko‘lamli urushga jalb qilingan O‘zbekiston fuqarolarining umumiy soni bir necha ming kishini tashkil qilishi mumkin.

“Xochu jit” loyihasiga ko‘ra, urushda kamida 109 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgan. Ulardan eng yoshi hali 21 yoshga to‘lmagan, eng yoshi kattasi esa 62 yoshda bo‘lgan. Yollanma jangchilardan biri shartnoma imzolaganidan atigi sakkiz kun o‘tib halok bo‘lgan.

Kiritildi: 18:52 30.04.2025. O'qildi: 1296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!