Rossiya, zarurat tug‘ilganda, xuddi Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi kabi safarbar qilinishi mumkin, dedi chorshanba kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Agar ulkan mamlakatni oyoqqa turg‘izish kerak bo‘lsa, u istalgan paytda oyoqqa turadi. Hech kimda hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas, - dedi Peskov. Uning qo‘shimcha qilishicha, "millionlab" rossiyaliklar allaqachon Ukrainada jang qilayotgan armiyaga yordam bermoqda - "yordam yig‘moqda, o‘z pullari evaziga frontga texnika va o‘q-dorilar yubormoqda, niqoblash to‘rlarini to‘qimoqda."
"Qayerdadir 30 million sovet xalqi fashizmga qarshi kurashda jon bergan," - deya qo‘shimcha qildi Peskov.
Hozirda Rossiya hukumati har oyda 30 mingdan 40 minggacha odamni armiyaga yollamoqda, dedi AQSh va Yevropa Ittifoqi razvedkasi bilan tanish bo‘lgan manbalar The Wall Street Journal nashriga.