Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekistonda suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi

O‘zbekistonda suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi

Prezident farmoniga ko‘ra, 1 iyundan suv fondi yerlaridan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi mexanizmlar ishga tushdi.

Endi suv havzalari sohillarida turistik zonalar, plyajlar tashkil etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda suv ob’ektlarini tozalash jarayonida qum-shag‘al qazib olish uchun yerlar ijaraga beriladi.

Shuningdek, daryo va kanallarda suv oqimiga to‘sqinlik qilayotgan hamda suv toshqini xavfini oshirayotgan qum-shag‘al materiallarini qazib olishga ruxsat berildi.

Xukumat 2027 yilgacha suv fondi yerlarida 100 ming nafar aholi bandligini ta’minlash va ular uchun 220 mlrd so‘mlik qo‘shimcha daromad manbai yaratishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:01. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!