Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkaziladi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi amalga oshiriladi.

Har yili loyiha doirasida eng yaxshi natijalarni qayd etgan ishtirokchilar o‘rtasida milliy tanlov o‘tkaziladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
➖ 100 nafar o‘qituvchiga — 1 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti;
➖ 10 nafar o‘qituvchiga — xorijiy sayohatga yo‘llanma;
➖ 500 nafar yoshlarga — noutbuk;
➖ 500 nafar yoshlarga — qimmatbaho sovg‘alar;
➖ 3 ta OTMga — pul mukofoti;
➖ 2 ta umumta’lim maktabiga — “Prezident sovg‘asi” (elektromobil).

📝Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga:
➖ IT, startap boshqaruvi va xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim;
➖ Xalqaro IT-sertifikatlar uchun bepul o‘quv kurslari taqdim etiladi.

Kiritildi: 16:44 05.01.2026. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!