Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda sintetik metan ishlab chiqaruvchi birinchi qurilmalar ishga tushirildi

O‘zbekistonda sintetik metan ishlab chiqaruvchi birinchi qurilmalar ishga tushirildi

“Hududgazta’minot” AJ va Yaponiyaning “ITO Corporation” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Toshkent viloyatining Angren shahridagi “Yangiobod” mahallasida yangi loyiha sinov tariqasida ishga tushirildi.

Mazkur loyiha doirasida “ITO Corporation” tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiya – propan va havo aralashmasidan sintetik metan gazini oluvchi qurilmalar o‘rnatildi. Ushbu sintetik metan orqali pilot hududdagi bir nechta ko‘p qavatli uylarni gaz bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

“Hududgazta’minot” AJ va Yaponiya kompaniyasi tomonidan loyihani yanada kengaytirish, zamonaviy uskunalarni respublika bo‘ylab joriy qilish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lib, O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish, zamonaviy va ekologik toza texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan strategik yo‘nalishlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Kiritildi: 13:07 02.06.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!