Shavkat Mirziyoyev SI va raqamlashtirish sohasidagi islohotlar taqdimoti bilan tanishdi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, IT-xizmatlar eksportini $5 milliardga yetkazish va sohada 300 ming yoshni band qilish belgilangan.
Yig‘ilishda Nurafshon shahrida $200 millionlik raqamli R&D markazini tashkil etish, 16 mingta maktab kompyuter sinfxonalarini yangilash hamda “President AI Award” tanlovini o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.