Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Farg‘onada pedagog ayol ayovsiz kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida pedagog ayol ayovsiz kaltaklangani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 30 aprel kuni Beshariq tumani Tibbiyot texnikumi o‘qituvchilari G.X. hamda T.T. o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjallashib qolgan. Janjal davomida T.T. G.X.ning bosh va ko‘krak sohalariga qo‘li bilan urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat shu kunning o‘zida tuman IIB tomonidan tegishli tartibda qayd etilgan. Fuqaro G.X. ning olgan tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.

Kiritildi: Bugun 14:02. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!