AQSh bizga qarshi urushda sharmandali mag‘lubiyatga uchradi — Eron oliy rahbari.
Mujtabo Xominaiy 30 aprel kuni yozma murojaat yo‘lladi. U o‘z murojaatida Qo‘shma Shtatlar Eron bilan urushda mag‘lub bo‘lganini ta’kidladi. Shu bilan birga, Eron oliy rahnamosi prezident Donald Trampning uzoq muddatli blokada haqidagi ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirdi.
"Bugun zo‘ravonlarning mintaqadagi yirik harbiy tajovuzi boshlanganiga ikki oy to‘ldi. AQSh sharmandali mag‘lubiyatga uchradi. Endi Arab ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi uchun yangi sahifa ochilmoqda. Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqdagi o‘z bazalari xavfsizligini ta’minlay olmaydi. Ular o‘z ittifoqchilariga yordam berishga ham qodir emas", deyiladi Mujtabo Xominaiyning murojaatida.
Bundan tashqari, Eron oliy rahnamosi, Ho‘rmuz ko‘rfazining kelajagini Qo‘shma Shtatlarsiz tasavvur qilishini aytdi.
"Minglab kilometr uzoqlikdan kelib mintaqadagi ishlarga aralashayotganlarning bu yerda o‘rni yo‘q. Ularning joyi faqat dengiz tubidadir", — deya ta’kidladi u.