Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lumotiga ko‘ra, voqea 29 aprel kuni Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida yuz bergan. 29 yoshli ayol rashk tufayli erining qonuniy nikohdagi xotiniga hujum qilib, uni pichoqlagan. Hodisa vaqtida ayolning 3 va 5 yoshli qizlari ham tan jarohati olgan.
Oqibatda ona va 5 yoshli qizaloq vafot etgan, 3 yoshli bola esa og‘ir ahvolda shifoxonada qolmoqda.
Gumonlanuvchi ayol qo‘lga olingan, tergov prokuratura tomonidan olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.