O‘zbekistonda 2026 yilning oktyabr oyida 7,2 milliard kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 500 million kVt·soat yoki 7,2 foizga ko‘pdir.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ishlab chiqarilgan elektr energiyasining asosiy qismi — 5,4 milliard kVt·soati issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalarida sezilarli o‘sish kuzatildi.
Xususan, kichik quyosh panellarida elektr ishlab chiqarish 88 foizga yaqin, gidroelektr stansiyalarida 42 foizga, yirik quyosh elektr stansiyalarida esa 39 foizga oshgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan birga, muqobil energiya manbalaridan foydalanish ham kengayayotganini ko‘rsatmoqda.