AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) Panama bayrog‘i ostidagi "El Gaya" tankeri Hormuz bo‘g‘ozida cho‘kib ketgani haqidagi da’vosini rad etdi.
Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi CENTCOM ijtimoiy tarmoq orqali xabar bermoqda.
CENTCOM ma’lumotlariga ko‘ra, tanker avgust oyida Eronning raketa zarbasi natijasida ishdan chiqarilgan.
"Ushbu dam olish kunlari Eron yana Ummon qirg‘oqlari yaqinidagi suvlarda bo‘lganida tankerga dron bilan zarba berdi. Hozirda tanker mintaqaviy hamkor tomonidan tortib olinmoqda”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq IIQK kema Hormuz bo‘g‘ozining janubiy zonasidan o‘tishga urinayotganda minaga urilgani haqida xabar bergan edi. Bortda yong‘in sodir bo‘lgan.