Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishni bir haftaga kechiktirdi — Fransiya Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni istamoqda.
Evropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainadagi urushi sabab joriy etilgan sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirish bo‘yicha kelisha olmadi. Hozircha amaldagi sanksiyalar rejimi 7 kunga — 22 sentyabr yarim tunigacha uzaytirildi. Bu haqda YEI Kengashiga raislik qilayotgan Irlandiya vakili ma’lum qildi.
Bryusseldagi DW muxbiriga anonimlik sharti bilan gapirgan manbalarning aytishicha, kelishmovchiliklar Slovakiya rossiyalik biznesmenlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni talab qilayotgani bilan bog‘liq.
Fransiya esa, o‘z navbatida, sanksiyalarni uzaytirishni Usmonovga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish talabi bilan bloklamoqda.
Fransiya Usmonov masalasidagi pozisiyasini «milliy xavfsizlikning alohida masalasi» bilan izohlamoqda. Shuningdek, Parij Usmonov masalasida unga murojaat qilayotgan «xalqaro hamkorlar»ga ijobiy javob berishni istayotganini bildirgan.
Biroq DW manbalari aynan qaysi hamkorlar va qanday milliy xavfsizlik manfaatlari nazarda tutilayotganiga aniqlik kiritmagan.