Eronga qarshi harbiy operasiya davomida AQShga yordam bermagan mamlakatlar mojaro tugaganidan keyin Vashingtonning xarajatlarini qoplashlari shart bo‘ladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp bu haqda Truth Social nashrida yozmoqda.
"Neft Hormuz bo‘g‘ozi orqali oqib o‘tishda davom etmoqda. Dunyo bo‘ylab bizga yordam berish uchun hech narsa qilmagan mamlakatlar bu firibgarlik va keskinlashuv tugaganidan keyin AQShning xarajatlarini qoplashlari kerak va qoplaydilar. Biz buni o‘zimiz uchun emas, balki boshqalar uchun ancha ko‘proq qilamiz va avlodlar davomida shunday qilib kelmoqdamiz!", deb yozgan Tramp.