Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha prezident qarorida belgilandi.

Hujjatga ko‘ra, parrandachilik sohasida aholi xonadonlari bilan kooperasiya asosida ishlash tizimini moliyalashtirish uchun 2025 yil 1 fevralga qadar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 50 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltiriladi.

Mazkur mablag‘lar hisobiga respublikaning barcha hududlarida parrandachilikning go‘sht va tuxum yo‘nalishida kooperasiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyiha aholi bandligini ta’minlash maqsadida kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, tijorat banklari balansidagi xo‘jaliklarni salohiyatli yirik korxonalarga biriktirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari o‘rtasida kooperasiya tizimini tashkil etish hamda yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga amalga oshiriladi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda “Mikrokreditbank” ATB kredit mablag‘lari hisobiga kooperasiya tizimi asosida parrandachilik loyihalarini amalga oshirish tashabbusini ko‘rsatgan xonadonlar ro‘yxatini shakllantirishi lozim.

Qaror bilan 2025 yil 1 apreldan 2028 yil 1 yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan davlat byudjetiga to‘langan QQSning 50 foizini har oyning 25-sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi. Bunda ushbu tartib ishlab chiqarilgan go‘sht, sut, parranda go‘shti hamda tuxumni realizasiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlatni) realizasiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil etadigan chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga nisbatan tadbiq etiladi.

2028 yil 1 yanvarga qadar parranchalik-naslchilik korxonalari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xo‘jaliklarga jo‘jalarni yetkazib berishda foydalaniladigan motorli transport vositalari import bojxona boji 5 foiz hamda dvigatelning har bir kub santimetri uchun 1,2 AQSh etib belgilandi.

Naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizdan tashqari), mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlani 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvarga qadar uzaytirildi.

Kiritildi: 10:50 02.02.2025. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!