Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi o‘chirilsa, Ukraina fronti qulashini aytdi

Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi o‘chirilsa, Ukraina fronti qulashini aytdi

Ilon Mask Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi o‘chirilsa, Ukraina fronti qulashini aytdi.

"Mening Starlink tizimim Ukraina armiyasining tayanchidir. Agar men uni o‘chirib qo‘ysam, ularning butun front chizig‘i qulaydi", — deb yozdi Mask X ijtimoiy tarmog‘ida.

Amerikalik ishbilarmon, shuningdek, Ukrainada zudlik bilan tinchlik o‘rnatishga chaqirdi.

"Men bir necha yillardan buyon davom etayotgan qon to‘kish va Ukraina uchun baribir mag‘lubiyat bilan tugaydigan bu urushdan nafratlanaman. Haqiqatan ham qayg‘uradigan, o‘ylaydigan va tushunadigan odam bu qirg‘inni to‘xtatishni istaydi", — deya qo‘shimcha qildi Mask.

Kiritildi: 13:03 09.03.2025. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!