Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Suriyada yuzlab odamlar Rossiyaning harbiy bazasida boshpana topdi

Suriyada yuzlab odamlar Rossiyaning harbiy bazasida boshpana topdi

Suriyada yuzlab odamlar Rossiyaning harbiy bazasida boshpana topdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Suriya shimoli-g‘arbidagi Latakiya viloyatida joylashgan Rossiyaning Hmeymim aviabazasi hududida bir necha yuz suriyalik, asosan ayollar, bolalar va qariyalar qurolli tovqnashuvlardan qochib, vaqtincha boshpana topdi. Bu haqda nashr viqea joyidagi ikki mustaqil manbasiga tayanib xabar bermoqda.

X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari Hmeymim aviabazasiga joylashgan ayollar va bolalarning suratlarini e’lon qilib, ularni "xristianlar, druzlar va alaviylarga mansub qochqinlar", deb ta’riflagan. Biroq ushbu foydalanuvchilarning shaxsini aniqlash va suratlarning haqiqiyligini tasdiqlash hozircha imkonsiz.

Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR) 6 martdan beri Suriya xavfsizlik kuchlari va ularning ittifoqchilari tomonidan o‘ldirilgan tinch aholi soni 530 kishidan oshganini, qurbonlar orasida bolalar ham borligini ma’lum qildi. Tashkilot buni "Suriyada so‘nggi yillarda sodir etilgan eng dahshatli zo‘ravonlik harakatlari" deya ta’rifladi.

AFP agentligi va France 24 telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyada hukumat kuchlarining zo‘ravonliklari avvalgi prezident Bashar Asad tarafdorlari tomonidan uyushtirilgan hujumlarga javoban boshlangan.

Kiritildi: 11:00 09.03.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!