Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Ukraina armiyasi Rossiya harbiylarining gaz quvuri orqali Sudjaga kirishga uringanini ma’lum qildi

Ukraina armiyasi Rossiya harbiylarining gaz quvuri orqali Sudjaga kirishga uringanini ma’lum qildi

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi shanba kuni Rossiya hujum guruhlari Kursk viloyatidagi Sudja shahriga kirishga harakat qilganini tasdiqladi. Rossiyaning ushbu shahri o‘tgan yilning avgust oyida Ukraina armiyasi tomonidan egallangan edi.

"Desant hujum bo‘linmalari Sudja tomon gaz quvuri bo‘ylab harakatlangan Rossiya maxsus kuchlarini yo‘q qilmoqda", deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari bayonotida.

Gap Urengoy-Pomari-Ujgorod magistral gaz quvuri haqida ketmoqda. U Sudja orqali o‘tadi va hozirda foydalanilmayapti. Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining ma’lum qilishicha, Rossiya diversiya va hujum bo‘linmalari shaharning chekka hududlarida o‘rnashib olishga harakat qilgan, biroq "o‘z vaqtida aniqlangan, bloklangan va yo‘q qilingan".

Shanba kuni rus harbiy Telegram-kanallari Rossiya armiyasi Sudjani qaytarish bo‘yicha operasiya boshlagani haqida xabar tarqatdi.

Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan “Ribar” kanali esa Kursk viloyatida jangovar harakatlar faollashgani va "muayyan muvaffaqiyatlarga erishilayotgani, ammo bu juda katta yo‘qotishlar hisobiga bo‘layotgani haqida yozdi.

Harbiy blogerlarga ko‘ra, Sudja shahriga hujumda “Axmat” maxsus bo‘linmasi, “Veteranlar” hujum brigadasi, Donesk Xalq Respublikasining “Vostok” brigadasi va boshqa harbiy bo‘linmalar ishtirok etmoqda.

“Ukrainskaya Pravda” gazetasi Kursk viloyatida joylashgan Ukraina harbiylariga tayanib, 8 mart kuni ertalab taxminan 100 nafar rossiyalik askar gaz quvuri bo‘ylab Ukraina Qurolli Kuchlari nazoratidagi hududga yetib kelganini, ammo bu "kutilmagan holat bo‘lmaganini" yozgandi.

Kiritildi: 12:14 09.03.2025. O'qildi: 1821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!