Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Mahmud Murodov raqibini og‘ir nakaut holatiga tushirib qo‘ydi

Mahmud Murodov raqibini og‘ir nakaut holatiga tushirib qo‘ydi

Germaniyaning Shtutgart shahrida Octagon 68 turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu jang kechasida 35 yoshli o‘zbekistonlik o‘rta vazn toifasidagi sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov (28-8-0-1) ham ishtirok etdi.

Murodovning raqibi 41 yoshli shveysariyalik Yasubi Enomoto (22-16) bo‘ldi.

Jang ikkinchi raundning 40-soniyasida yakunlandi. Murodov kuchli zarbalar bilan raqibini qattiq charchatib qo‘ydi. So‘ngra u Enomotoga dahshatli qo‘l zarbasini yo‘lladi. Natijada, Enomoto og‘ir nokautga uchradi.

Bu Mahmud uchun ketma-ket to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. U 2019—2024 yillar oralig‘ida UFC jangchisi sifatida dunyoning eng nufuzli ligasida olti marotaba ringga chiqib, to‘rtta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan. Enomoto esa ketma-ket uchinchi bor mag‘lubiyatga uchradi.

Kiritildi: 14:00 09.03.2025. O'qildi: 2271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!