Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning "ermag"i soliq to‘lovchilarga qimmatga tushyapti

Trampning "ermag"i soliq to‘lovchilarga qimmatga tushyapti

“Huff Post" gazetasi yozishicha, AQSh Prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi golf maydonida vaqt o‘tkazishi 20 yanvar, ya’ni lavozimga kirishgan kundan beri amerikalik soliq to‘lovchilarga 18 million dollardan ko‘proq zarar keltirgan.

Gazeta tahliliga ko‘ra, o‘tgan yil shu hududda uyushtirilgan suiqasddan keyin golf maydoni atrofini himoya qilish qimmatga tushyapti.

Golf Amerika yetakchisining sevimli mashg‘uloti. Tramp ko‘pincha dam olish kunlarini shu joyda o‘tkazadi. Avvalroq "Newsweek" nashri ham hisob-kitobga tayanib, uning Floridadagi qarorgohi atrofini himoya qilish uchun olti oy davomida 1,4 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangani haqida yozgandi.

Kiritildi: 22:05 09.03.2025. O'qildi: 1422 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!