Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

“Erdo‘g‘on o‘z tanlovini qildi”

“Erdo‘g‘on o‘z tanlovini qildi”

AQSh Vakillar palatasining bir guruh qonun chiqaruvchilari Turkiyani Yevropa emas, balki Yaqin Sharq mamlakati sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini Kongress muhokamasiga kiritdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Demokrat Bred Shnayder va respublikachi Gas Bilirakis boshchiligidagi qonunchilar guruhi Turkiyaning diplomatik maqomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni taqdim etdi.

Hujjatga ko‘ra, davlat departamenti Turkiyani Yevropa va Yevrosiyo mamlakatlari qatoriga emas, balki Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga kiritishi kerak. Bu “Anqaraning Rossiya, Xitoy, Eron va HAMAS bilan tobora chuqurlashib borayotgan aloqalarini aks ettiradi, G‘arbning xavfsizlik manfaatlariga esa tubdan zid”, deyiladi materialda.

Turkiya chorrahada turibdi, biroq Erdo‘g‘on o‘z tanlovini qildi. Uning hukumati HAMAS jangchilarini yashirmoqda, Putinning harbiy mashinasini qo‘llab-quvvatlamoqda va NATO birligiga to‘sqinlik qilmoqda, shu bilan birga, G‘arb ittifoqchisining imtiyozlarini talab qilishda davom etmoqda. Amerika diplomatiyasi o‘zini Turkiya hali ham Yevropaning bir qismi sifatida ko‘rsatishni bas qilishi vaqti keldi, dedi kongressmen Shnayder.

Bilirakis uni qo‘llab-quvvatlab, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bir necha bor Amerika manfaatlariga zid ish tutgani va bu go‘yoki mintaqadagi beqarorlikka hissa qo‘shganini ta’kidladi.

AQShning rasmiy tashqi siyosatida ushbu dushman rejimining xatti-harakatlarini ochib beradigan vaqt keldi, Erdo‘g‘on esa javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerak, deyiladi kongressmenlar bayonotida.

Turkiyaning AQShdagi elchixonasi bunga javoban norozilik bildirdi.

Turkiyaning Yevropa identifikasiyasi inkor etib bo‘lmaydigan tarixiy va geostrategik faktdir. NATO, Yevropa kengashi, YEXHTning kuchli a’zosi va Yevropa ittifoqining assosiasiyalangan a’zosi sifatida Turkiya ushbu institutlarni ifodalovchi Yevropa institusional asoslari va universal qadriyatlarning ajralmas qismidir, dedi Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi vakili.

Hozircha qonun chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan hujjat ko‘rib chiqilmoqda.

Kiritildi: 18:53 09.03.2025. O'qildi: 2196 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!