O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan tijorat banklari orqali sotuvga chiqarilgan og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar narxlari pasaymoqda. Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» xabar berdi.
Markaziy bank 15 dekabr uchun oltin quymalar narxini e’lon qildi:
Markaziy bank tomonidan 14 dekabr kuni oltin quymalar uchun e’lon qilingan narxlar quyidagicha bo‘lgan:
O‘lchovli oltin quymalarni sotish narxlari har kuni yangilanadi.
Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni Markaziy bankning veb-saytida milliy valyutada e’lon qilib boriladi.
Marja va chegirma miqdorlari o‘lchovli quymalarning muomalaga chiqarilishi va muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq operasion xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
Qadoqlari but oltin quymalar sotuv shoxobchalarida tijorat banki tomonidan yombi egasiga to‘lovni darhol amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.
Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza o‘tkazilgandan so‘ng to‘lov to‘lab beriladi. Qadog‘i but holatdagi oltin quymalarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.