Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda notarius xizmatida pasportning aslini talab qilish bekor qilinadi

O‘zbekistonda notarius xizmatida pasportning aslini talab qilish bekor qilinadi

Notarius xizmatlari endi Face-ID orqali amalga oshiriladi, aholidan pasport aslini talab qilish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

5 sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev adliya tizimida davlat xizmatlarini kengaytirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, keyingi 3 yilda xizmatlar soni 900 tagacha yetkaziladi, har yili 80 ga yaqin xizmat «uch qadam» tamoyili asosida soddalashtiriladi.

Yangi tizimga ko‘ra, notariuslar ko‘rsatayotgan 80 dan ortiq xizmatning 20 tasi 2025–2027 yillarda onlayn shaklga o‘tkaziladi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini taqdim etish talablari bekor qilinib, Face-ID orqali identifikasiya joriy etiladi.

Hukumatning rejasiga ko‘ra, 30 ta hujjatni fuqarolar tomonidan taqdim etish amaliyoti to‘xtatiladi. Masalan, FHDYo organlari nikohga kirishuvchilardan tibbiy ma’lumot talab qilmaydi, harbiy bo‘limlar esa ro‘yxatdan chiqish haqida ma’lumotni onlayn tartibda oladi.

Adliya vazirligi qoshidagi ekspertiza markazlari faoliyati ham qayta ko‘rib chiqiladi. 2027 yilgacha hududiy markazlarda ekspertiza turlari 15 tadan 25 tagacha oshiriladi. Texnik bazani mustahkamlash va raqamlashtirish orqali hujjatlar ayirboshini to‘liq elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Prezident shuningdek, xususiy sud ekspertizasi faoliyatini kengaytirish, mustaqil byurolar shaklida tashkil qilish va O‘zbekiston Sud ekspertizasi palatasini yaratish takliflarini ham qo‘llab-quvvatladi.

Kiritildi: 19:46 06.09.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!