Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda martning so‘nggi kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda martning so‘nggi kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 29-31 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 29 martda ayrim tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 30-31 mart kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa 19-22 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 23-26 daraja iliqqacha isiydi.

29-31 mart kunlari havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 20-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Kiritildi: 18:24 28.03.2025. O'qildi: 1141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!