Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida o‘quvchilar soni 6 870,5 ming nafarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 94,2 ming nafarga ko‘paygan.
O‘quvchilarning 51,2 foizini o‘g‘il bolalar, 48,8 foizini esa qiz bolalar tashkil etmoqda.
Hududlar kesimida eng ko‘p o‘quvchi Samarqand (814,2 ming) va Farg‘ona (733,4 ming) viloyatlarida qayd etilgan bo‘lsa, eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo (165,1 ming) va Navoiy (195,7 ming) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.