Bir vaqtlar Moskvaning «Lokomotiv» klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan Yuriy Syomin bo‘lajak jahon chempionatida qaysi terma jamoaga muxlislik qilishi haqidagi savolga javob berdi.
«O‘zbeklar uchun qayg‘uraman va ularni qo‘llab-quvvatlayman. Ular bizning eng yaqin qo‘shnilarimiz va do‘stlarimizdir. Ular jahon chempionatlarida debyut qilishmoqda va guruhdan chiqish ular uchun katta muvaffaqiyat bo‘ladi», — deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda «Sport-Ekspress».
O‘zbekiston terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Portugaliya, DR Kongo va Kolumbiya milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar Shimoliy Amerikaning uchta davlati — AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadi.