Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda keksalarga poyezd chiptalari uchun 20 foiz chegirma beriladi

O‘zbekistonda keksalarga poyezd chiptalari uchun 20 foiz chegirma beriladi

O‘zbekistonda nuroniylar uchun temir yo‘l chiptalarining tarif qismiga 20 foizlik chegirma joriy etilgan. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, imtiyoz «Keksalar haftaligi» va «Keksalar uchun turizm oyligi» doirasida nuroniylarning mamlakat bo‘ylab sayohat qilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilmoqda.

Ushbu chegirmadan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 55 yoshdan katta ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar — nuroniy nafaqaxo‘rlar foydalanishi mumkin.

Chegirma har yili 2–8 oktyabr kunlari «Keksalar haftaligi» doirasida, shuningdek, 1–30 noyabr kunlari «Keksalar uchun turizm oyligi» davomida amal qiladi.

Imtiyoz mamlakat ichidagi barcha yo‘nalishlarda qatnaydigan poyezdlarga tatbiq etiladi. «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdi bundan mustasno.

Chegirmali chiptalarni temir yo‘l vokzallaridagi kassalardan yoki onlayn tarzda xarid qilish mumkin.

Kiritildi: 20:36 08.10.2026. O'qildi: 496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!