Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Dam olish markaziga kirgan ayiq o‘ldirildi

Dam olish markaziga kirgan ayiq o‘ldirildi

Irkutsk viloyatidagi dam olish markaziga kirgan ayiqni polisiya xodimi o‘ldirdi.

Bu haqda Irkutsk viloyati Ichki ishlar vazirligining Bosh boshqarmasi xabar berdi.

Bo‘lim ma’lumotlariga ko‘ra, ayiq chorshanba kuni Ust-Ilimsk shahri va Jeleznodorojniy qishlog‘i o‘rtasida joylashgan dam olish markaziga kirgan.

Hayvon haqida xabar berilgandan so‘ng, voqea joyiga polisiya xodimlari va tegishli bo‘lim inspektori yuborilgan.

"Polisiya to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, yo‘l harakati polisiyasi xodimi o‘zining xizmat avtomat qurolidan foydalanib, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solayotgan yirtqichni zararsizlantirdi. Hodisa natijasida ayiq o‘ldirildi va hech kim jarohat olmadi", deyiladi bayonotda.

Bu yil Irkutsk viloyatida beshta ayiq bilan to‘qnashuv qayd etilgan.

Kiritildi: 15:50 08.10.2026. O'qildi: 860 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!