Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya va Belarus AQShning “Oltin gumbaz” dasturiga qarshi chiqdi

Rossiya va Belarus AQShning “Oltin gumbaz” dasturiga qarshi chiqdi

Rossiya va Belarus AQShning “Oltin gumbaz” raketaga qarshi mudofaa dasturiga, shuningdek, Yevropada G‘arbning o‘rta va qisqa masofali raketalarini joylashtirishga qarshi ekanini bildirdi.

Ittifoq davlati a’zolari, shuningdek, xorijiy hududlarda yashirin harbiy-biologik faoliyat olib borilishi va kimyoviy qurol tarqatishda dalilsiz ayblovlar ilgari surilishiga qarshi chiqdi.

“Yangi voqelik Yevroosiyo xavfsizligining barqaror arxitekturasini shakllantirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. U qit’aning barcha mamlakatlari va tashkilotlari uchun istisnosiz ochiq bo‘lishi kerak”, — deyiladi davlatlarning BMT Bosh Assambleyasidagi qo‘shma bayonotida.

Kiritildi: Bugun 15:33. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!