Ukrainadagi mojaro Rossiya armiyasining zarbalari tufayli yangi bosqichga kirmoqda, deya yozadi Amerikaning “Foreign Policy” jurnali.
Nashr muallifining fikricha, Rossiya havo hujumlarini kengaytirmoqda va kuchaytirmoqda.
“Kreml raketa va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlari sonini ko‘paytirish va maqsadlar ro‘yxatini muntazam ravishda kengaytirish orqali yangi g‘alaba rejasini amalga oshirayotganga o‘xshaydi”, - deyiladi maqolada.
Ta’kidlanishicha, bu dushman iqtisodiyotini bo‘g‘ish, ta’minotni uzish va logistika yo‘nalishlarini kesib tashlashga urinishdir.
Bundan tashqari, nashr sharhlovchisining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni havoda ustunlikka ega, chunki “Patriot” havo mudofaa tizimlariga tutib oluvchi raketalar yetishmasligi tufayli Ukraina ballistik raketalar oldida deyarli himoyasiz qolgan.