Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda ilk bor nodavlat notijorat tashkiloti korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk bor nodavlat notijorat tashkiloti  korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston Notarial palatasi ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi ilk nodavlat notijorat tashkilotiga aylandi.

Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston Notarial palatasiga Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Notarial palata raisi Dilshod Ashurov ISOning vakili - Avstriya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi tijorat maslahatchisi Rudolf Lukavskining qo‘lidan ISO 37001:2016 standarti sertifikatini qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun: ISO 37001:2016 – bu tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali tizimini yaratishning xalqaro usullarini o‘zida jamlagan, korrupsiyaga qarshi mukammal boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladigan xalqaro standartdir. U korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qo‘llab-quvvatlash, tahlil qilish va takomillashtirish uchun talab va ko‘rsatmalarni belgilaydi.

Mazkur sertifikatni qo‘lga kiritish masalasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Notarial palata o‘rtasida imzolangan memorandum va chora-tadbirlarda ko‘zda tutilgan edi.

Bugungi kunda 70 dan ortiq vazirlik va idoralar qo‘lga kiritgan mazkur sertifikat Palataning faoliyati Korrupsiyaga qarshi kurash menejmenti tizimining xalqaro standartlarga muvofiqligini bildiradi hamda barcha darajadagi tashkilotlarida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash yuzasidan katta mas’uliyatni yuklaydi.

Kiritildi: 10:45 18.09.2025. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!