Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nikolay Valuyevga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Nikolay Valuyevga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) Rossiya Davlat dumasi deputati va sobiq sportchi Nikolay Valuyevga qidiruv e’lon qildi.

Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Valuyev 2022 yilda Xmelniskiy viloyati SBU tomonidan qidiruv e’lon qilingan. Og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni og‘ir oqibatlarga olib kelgan "Ukraina hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish" moddasi bo‘yicha sirtdan ayblangan.

Valuyev Ukrainaning "Mirotvores" sayti ma’lumotlar bazasida ham qidiruvga berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yildan buyon faoliyat yuritayotgan "Mirotvores" portali, da’vo qilinishicha, Ukraina milliy xavfsizligiga tahdid solayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi.

Kiritildi: Bugun 13:07. O'qildi: 1403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!