Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Medvedev: “Mulkimizga tegilsa, javobsiz qoldirmaymiz”

Medvedev: “Mulkimizga tegilsa, javobsiz qoldirmaymiz”

Rossiya Yevropa Ittifoqi davlatlarini muzlatilgan rus aktivlari hisobidan Ukrainani moliyalashtirish rejalari bois qat’iy ogohlantirdi. Moskva har qanday davlat uning mol-mulkini musodara qilsa, javob choralarini ko‘rishini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Evropa Ittifoqi raisi Ursula fon der Lyayen Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan daromadlarni ishlatish rejasi ustida ishlayotganini xabar qilgandi. Aniqrog‘i, gap Rossiyaning Yevropa Markaziy bankidagi obligasiyalaridan tushgan foizlarni “Ukraina uchun reparasiya krediti”ga yo‘naltirish haqida bormoqda.

Rossiya xavfsizlik kengashi rais o‘rinbosari Dmitriy Medvedev bu rejalarni “o‘g‘irlik” deb atab, o‘zining Telegram kanalida shunday post qoldirgan:

“Agar bu amalga oshsa, Rossiya mulkimizni musodara qilishga uringan Yevroittifoq davlatlari va Bryusseldagi degeneratlar ortidan asr oxirigacha quvadi”.

Medvedev Rossiya bunday harakatlarga “xalqaro va milliy sudlarda, hattoki suddan tashqarida ham” javob qaytarishini ta’kidlagan.

Ma’lumot o‘rnida, 300–350 milliard dollarlik Moskva davlat aktivlari muzlatib qo‘yilgan. Ularning katta qismi Yevropa, AQSh va Britaniya obligasiyalaridan iborat.

Kiritildi: 23:02 18.09.2025. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!