Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Putin migrantlar uchun patent tizimini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi

Putin migrantlar uchun patent tizimini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi

Rossiya prezidenti bu haqda parlament fraksiyalari rahbarlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilish chog‘ida aytib o‘tdi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Patent tizimini bekor qilish g‘oyasi “Adolatli Rossiya — Haqiqat uchun” fraksiyasi rahbari Sergey Mironov tomonidan bildirildi.

"Patent tizimini bekor qilish zarur. Mamlakatimizga ishchi kuchi kerakligi isbotlangan. Ularni Rossiyaga oilalarisiz olib kelish kerak. Migrantlar ishlasin, pulini olsin va yurtiga qaytib ketsin", — deya fikr bildirdi Mironov.

Putin, shuningdek, hukumat Rossiyada migrasiya sohasida muammolar yo‘qdek ko‘rsatmasligi kerakligini aytdi.

"Rossiyada migrasiya siyosati bo‘yicha ko‘plab qarorlar qabul qilingan va endi ularning ijrosiga erishish zarur", — deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.

Kiritildi: 21:16 18.09.2025. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!