Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Evroittifoq Trampning chaqirig‘iga tezlashtirilgan tarzda javob bermoqchi

Evroittifoq Trampning chaqirig‘iga tezlashtirilgan tarzda javob bermoqchi

Evroittifoq Trampning Rossiya suyultirilgan gazidan voz kechish chaqirig‘iga tezlashtirilgan tarzda javob berishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg

Agentlikning xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi Moskva bilan energetik savdoni cheklash bo‘yicha AQSh prezidenti ma’muriyati tomonidan bildirilgan chaqiriqlarga javoban Rossiya suyultirilgan gazidan tezlashtirilgan tarzda voz kechish choralarini ishlab chiqmoqda.

Bloomberg manbalariga ko‘ra, hozirda Yevroittifoq tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi sanksiyalar paketi Rossiyadan suyultirilgan gaz importini 2027 yil oxirigacha to‘liq to‘xtatishni nazarda tutuvchi bandni o‘z ichiga olishi mumkin.

Shuningdek, Yevrokomissiya Rossiya energetika resurslariga qaramlikni tugatishga qaratilgan RePowerEU rejasiga o‘zgartishlar kiritish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Ushbu tashabbus muqobil yetkazib berish manbalariga o‘tishni tezlashtirish va YEIning o‘z energetika infratuzilmasini rivojlantirishni nazarda tutadi.

Kiritildi: 23:56 18.09.2025. O'qildi: 590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!